Bugun 16 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Farg‘onada bomba topildi

A A A
Farg‘onada bomba topildi

Farg‘ona viloyatining Quva tumanida kutilmagan holat kuzatildi. Joriy yilning 7 oktyabr kuni soat 16:00larda «Turk» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan «Abduqodir» bog‘dorchilik fermer xo‘jaligining gilos bog‘idan shartli belgilarsiz, uzunligi 94 sm., og‘irligi 150 kg. bo‘lgan aviasiya bombasi topildi.  Bu haqda «Postda» nashri xabar bermoqda.

«Xayriyatki, hech kimga zarar yetmadi. Ayni paytda yo‘q qilish maqsadida harbiy qismga topshirilgan bombaning bog‘da qanday paydo bo‘lib qolgani, qanchalik xavfliligi yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.

Kiritildi: 14:19 10.10.2019. O'qildi: 4874 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!