Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Farg‘onada 5000 AQSh dollarini qalbakilashtirgan shaxslar qo‘lga olindi

Farg‘onada 5000 AQSh dollarini qalbakilashtirgan shaxslar qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyatida AQSh dollarini qalbakilashtirgan shaxslar qo‘lga olindi.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda bank tomonidan berilgan xabarga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ATB Agrobank Oltiariq filiali valyuta ayirboshlash shoxobchasiga fuqaro X.X. tomonidan almashtirish uchun taqdim etilgan 200 AQSh dollari qalbaki ekanligi aniqlangan.

Tekshirish jarayonida fuqaro X.X.da qalbaki 50 dollarlik kupyuralardan iborat 100 dona, jami 5000 AQSh dollari mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan, shuningdek, X.X. ushbu qalbaki dollarlarni fuqaro X.T.dan olganligini ma’lum qilgan , - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, o‘tkazilgan ekspertiza ushbu qalbaki AQSh dollarlari kompyuter vositasida rangli printer yordamida tayyorlanganligi aniqlagan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston JKning 176-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 14:05 10.04.2019. O'qildi: 1543 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!