Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Farg‘onada 34 yoshli yigit xotinining akasini vahshiylarcha o‘ldirdi

Farg‘onada 34 yoshli yigit xotinining akasini vahshiylarcha o‘ldirdi

Janjalga oilaviy kelishmovchiliklar uchun kuyovini “tarbiyalab” qo‘yish uchun qayn akaning aralashuvi sabab bo‘lgan.

“Jahon.uz”ning ishonchli vakili tomonidan qo‘lga kiritilgan sud hujjatlariga ko‘ra, 2019 yil 24 oktyabr kuni, jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudi apellyasiya instansiyasining ochiq sud majlisida, raislik qiluvchi: F.G‘aniyev sudlangan Vohid Valiyevich Mirzayevga oid jinoyat ishini uning apellyasiya shikoyati asosida ko‘rib chiqdi.

Mirzayev Vohid Valiyevich, 1985 yil 1 avgustda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, o‘zbek, O‘zbekiston fuqarosi, ma’lumoti o‘rta, oilali, bir nafar farzandi bor, sudlanmagan, ishlamagan 2019 yil 15 mayda qamoqqa olingan Vohid Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Jinoya kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan 15 yil ozodlikdan mahrum qilindi.

Sudning hukmiga ko‘ra, Vohid Mirzayev kuni turmush o‘rtog‘i X.M. bilan oilaviy kelishmovchilik sababli janjallashgani haqida X.M. akasi J.M.ga aytganida, J.M., V.M. bilan gaplashib olish uchun B.A. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli taksida uyiga borib, uni Furqat tumanidagi “Sherali Xamzaliyev” fermer xo‘jaligi shiyponi yo‘liga olib borib, u bilan mushtlashib ketib, janjal davomida qo‘lidagi pichoq bilan J.M.ga tashlanib, chap ko‘krak qafasi orqa tomoni va boshqa sohalariga bir necha marta urib, uni qasddan o‘ldirganlikda aybli deb topilgan.

Kiritildi: 16:33 28.10.2019. O'qildi: 3817 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!