Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Farg‘onada 17 yoshli yigitni do‘pposlashdi

Farg‘onada 17 yoshli yigitni do‘pposlashdi

Farg‘ona. 2020 yilning 01 iyul kuni fuqaro O.A. Farg‘ona shahar IIO FMB ga ariza bilan murojaat qilib, unda 2020 yil 30 iyun kuni voyaga yetmagan ukasi (17 yosh) A.O. Farg‘ona shahar, Yangi asr ko‘chasida ketayotgan vaqtida, 16-yoshli T.P. va 18-yoshli D.S., lar uni to‘xtatib, urib-do‘pposlab, ukasi A.O., ning qo‘lidagi narxi 700.000 so‘m bo‘lgan “Artel U-5” rusumli uyali telefon apparatini tortib olganliklarini bildirib, T.P. va D.S., larga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, A.O., ga tegishli bo‘lgan “Artel U-5” rusumli uyali telefon apparati T.P.,dan ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan T.P. va D.S., larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda D.S.,ga yuqorida ko‘rsatilgan modda bilan ayblov e’lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan. T.P.,ning xatti harakatlariga qonuniy chora ko‘rilishi ta’minlanadi. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: 17:49 04.07.2020. O'qildi: 2525 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!