Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Farg‘ona shahriga o‘qishga kelgan yigit do‘pposlandi

Farg‘ona shahriga o‘qishga kelgan yigit do‘pposlandi

Farg‘ona viloyati. 2021 yilning 29 mart kuni soat 19:00 larda “Muhammadali” ismli shaxs va sheriklari Farg‘ona shahriga  Rishton tumanidan o‘qishga kelgan 21 yoshli Sanjarbek A., bilan tanishib, uni Toshloq tumanidagi tashlandiq joyga aldab olib borib, uni urib do‘pposlab narxi 2 100 000 so‘mlik “RedMi Note-8” rusumli telefon apparatini talonchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritganlar.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni voyaga etmagan 16 yoshli Muhammadamin T., 14 yoshli Tamir D., 19 yoshli  Mirkomil Q.,lar sodir etganliklari aniqlanib, Muhammadamin T., Sanjarbek A., bilan tanishib uning soddaligidan foydalanib, qo‘lidagi qimmatbaho telefon apparatini qo‘lga kiritish maqsadida uyidagi ishlariga yordam berib yuborishini aytib, uni qarovsiz dalaga olib borib ushbu jinoyatni sodir qilganliklari ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Muhammadamin T., Tamir D., va Mirkomil Q.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-modasi 2-qismi “v” bandi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prosessual tartibda ushlanganlar.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 16:19 01.04.2021. O'qildi: 2598 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!