Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Farg‘ona hokimi sovg‘a qilgan "Malibu" qaysi pulga olingan?

Farg‘ona hokimi sovg‘a qilgan "Malibu" qaysi pulga olingan?

So‘nggi paytlarda viloyat hokimlari tomonidan yig‘im-terimda faol qatnashgan paxtakorlarga mashina sovg‘a qilinayotgani haqida ko‘plab xabarlar tarqatildi. Ularga ko‘ra keng jamoatchilik ushbu sovg‘alar qaysi manba, qaysi mablag‘ evaziga berilayotgani odamlarda qiziqish uyg‘otmoqda.

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev klaster usulida paxta yetishtirgan tadbirkorning onasiga “Malibu” sovg‘a qilgan edi. Jurnalistning ushbu sovg‘a qaysi manba hisobiga xarid qilingani borasidagi savoliga viloyat hokimligi matbuot xizmati rahbari “Bu viloyat hokimligining ichki siri, men uni oshkor eta omayman”, deb javob bergan.

Ma’lum bo‘lishicha “OAVda tarqalayotgan axborotlarda klaster korxonalari va ularning saxovatpesha rahbarlari tomonidan tayyorlangan sovg‘a “hokimning sovg‘asi” sifatida talqin qilinib, hokimlar “saxiy qahramon” sifatida ko‘rsatilmoqda. Mazkur "spektakl" esa keng jamoatchilikda turli shubha va savollar tug‘ilishiga sabab bo‘lyapti.

Kiritildi: 18:03 22.11.2019. O'qildi: 4543 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!