AQSh prezidenti Donald Tramp Quddusni Isroil poytaxti deb e’lon qilganidan keyin BMTning falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatuvchi agentligiga (UNRWA) moddiy yordamni to‘xtatdi. Keyin esa Tramp Suriyaga qarashli Jo‘lon tepaliklarini Isroil hududi deb tan olish haqidagi deklarasiyani imzoladi.
Bulardan ruhlangan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanhu Iordan daryosining g‘arbiy sohilidagi Falastin yerlari anneksiya qilinishini bildirdi. Shundoq ham 27 ming km2lik Falastin hududining 85 foizi Isroil nazorati ostida, deya yozadi Turkiyaning Haber7.com nashri.
Netanyahuning bayonotini turkiyalik siyosatchilar qattiq qoraladi. Xususan, tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li shunday dedi: G‘arbiy sohil xalqaro qonunlarga zid ravishda Isroil tomonidan bosib olingan Falastin hududidir. Netanyahuning saylovdan avval ovoz yig‘ish uchun mas’uliyatsizlik bilan e’lon qilgan bayonoti bu haqiqatni mutlaqo o‘zgartira olmaydi .
Hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi matbuot kotibi Umar Chelik esa Isroil BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyusiyasi va xalqaro qonunlarni toptash bosqichidan ularni yo‘q qilish bosqichiga o‘tishga urinayotganini aytdi. Xalqaro hamjamiyat Netanhuning jazavalarini to‘xtatishi zarur , dedi u.
Shuningdek, Turkiya prezidenti o‘rinbosari Fuat O‘ktay va matbuot kotibi Ibrohim Kalin ham Isroil bosh vazirining bayonotini tanqid qildi.
BMT 1947 yilda Falastinni ikkiga bo‘lgan va bir yildan keyin Isroil o‘z mustaqilligini e’lon qilgan edi. Shundan beri Isroilning Falastinga nisbatan nohaqliklari va noqonuniy xatti-harakatlari tobora ortib bormoqda. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Falastinning mustaqil bo‘lishi Isroil uchun tahdid ekanini ta’kidladi. Quddusni ikkiga bo‘lmaymiz, yahudiy mavzelarini ham bo‘shatmaymiz , dedi u Falastin hududida qurilgan mavzelarga ishora qilib.
Manba: azon.uz