Mashhur insayder Fabrisio Romano hujumchi Kilian Mbappening klubni tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi. So‘nggi paytlarda fransiyalik futbolchidan klub ichida norozilik borligi haqida ma’lumotlar ko‘paymoqda — uning o‘zini tutishi ham rahbariyatga, ham jamoadoshlariga ma’qul kelmayapti.
«Bu haqiqat, Mbappening «Real» bilan munosabatlarida hozir eng yaxshi davr emas, lekin keling, bo‘rttirib yubormaylik. Kilian klubda qoladi va kelajakdagi loyihaning bir qismi bo‘ladi — bu 100 foiz aniq. Gap faqat unda emas — klubda boshqa muammolar ham yetarli. Vaziyat hamon murakkabligicha qolmoqda», — dedi Romano.
27 yoshli hujumchining «qaymoqranglilar» bilan shartnomasi 2029 yil o‘rtalarigacha amal qiladi.