Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

F-35 mojarosi: Tramp va Netanyahu o‘rtasidagi kelishmovchilik kuchaymoqda

F-35 mojarosi: Tramp va Netanyahu o‘rtasidagi kelishmovchilik kuchaymoqda

AQSh Prezidenti Donald Tramp Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahuning Turkiyaning Amerikaning F-35 qiruvchi samolyotlari dasturiga ehtimoliy qayta qo‘shilishiga qarshi bildirgan bayonotlariga keskin munosabat bildirdi.

AQSh Prezidenti Donald Tramp Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahuning Turkiyaning beshinchi avlod F-35 qiruvchi samolyotlari dasturiga ehtimoliy qayta qo‘shilishiga qarshi aytgan tanqidiy fikrlaridan so‘ng «juda qattiq g‘azablangan». Bu haqda Amerikaning Axios nashri AQSh va Isroil rasmiylariga tayanib xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Trampning noroziligiga Netanyahuning 6 iyul kuni, NATO sammiti arafasida, Fox News telekanaliga bergan intervyusi sabab bo‘lgan.

Intervyu davomida Netanyahu Turkiyaning F-35 dasturiga qayta qo‘shilishiga qarshi chiqqan. Amerika rasmiylaridan birining aytishicha, Tramp Isroil hukumati rahbari «bu masala yuzasidan fikr bildirishga haqli emas», deb hisoblaydi.

Axios nashrining yozishicha, so‘nggi haftalarda Netanyahu bir necha bor Vashingtonga tashrif buyurish va Tramp bilan shaxsiy uchrashuv o‘tkazishga harakat qilgan, ammo bu urinishlar muvaffaqiyatsiz yakunlangan.

Bundan tashqari, nashr ma’lumotiga ko‘ra, Isroil Bosh vaziri avval rejalashtirilgan AQSh safari ham bekor qilingan. Rasmiy sabab sifatida amerikalik senator Lindsi Grem bilan xayrlashuv marosimining oy oxiriga ko‘chirilgani ko‘rsatilgan.

Kiritildi: 21:49 17.07.2026. O'qildi: 2527 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!