Bugun 24 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Eyfel minorasining bir qismi auksionda deyarli 450 ming yevroga sotildi — DW

Eyfel minorasining bir qismi auksionda deyarli 450 ming yevroga sotildi — DW

Nashrning yozishicha, gap minoraning tarixiy zinapoyasi bo‘lagi — balandligi taxminan 2,7 metr va vazni qariyb 1,4 tonna bo‘lgan, 14 ta pillapoyadan iborat seksiya haqida bormoqda. Bu zinapoya inshootning ikkinchi va uchinchi qavatlarini bog‘lab turgan. Muhandis Gyustav Eyfel o‘z minorasini loyihalashtirgan 1889 yilgi Butunjahon ko‘rgazmasi tashrif buyuruvchilari aynan mana shu aylanma zinapoya orqali yuqoriga ko‘tarilishgan. Keyinchalik bu minora Parij ramziga aylandi.

1983 yilda minoraning ikkinchi va uchinchi qavatlari orasidagi zinapoya o‘ta xavfli deb topilib, demontaj qilingan va zamonaviy liftlarga almashtirilgan. Shundan so‘ng konstruksiya 24 qismga bo‘lib yuborilgan. Bugungi kunda ularning ayrim parchalari Nyu-Yorkdagi Ozodlik haykali yaqinida, Yaponiyadagi muzeylar va xususiy bog‘larda, bittasi esa Disneylendda saqlanmoqda.

Kiritildi: Bugun 18:26. O'qildi: 220 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!