Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Evroparlament deputati shafqatsizlarcha kaltaklandi

Evroparlament deputati shafqatsizlarcha kaltaklandi

Germaniya kansleri Olaf Shols Drezdenda Germaniya sosial-demokratik partiyasi a’zosi Mattias Ekkega qilingan hujumga izoh berib, jinoyatchilarning harakatlarini «demokratiyaga tahdid» deb atadi.

Sholsga ko‘ra, Ekke hodisasi «odamlarni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish oqibatida yaratilgan muhit» natijasidir. «Biz hech qachon bunday zo‘ravonliklarga toqat qilmasligimiz kerak. Biz ularga birgalikda qarshi turishimiz kerak», - dedi kansler.

41 yoshli Ekke 3 may kuni kechqurun Saksoniya poytaxtida saylovoldi plakatlarini osayotgan vaqtda hujumga uchragan - siyosatchi 2024 yil iyun oyida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Yevropa parlamentiga saylovlarda qatnashmoqda.

Der Spiyegelning yozishicha, siyosatchi yuz suyagi singanligi sababli kasalxonaga yotqizilgan va operasiyaga muhtoj bo‘lgan.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, Ekkega hujum qilganlar qora kiyingan yigitlar bo‘lgan. Tergov Federal Jinoyat boshqarmasining Davlat xavfsizligini himoya qilish bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.

Kiritildi: 15:30 05.05.2024. O'qildi: 3060 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!