Bugun 8 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Evropada suv inqirozi: Konstans ko‘lida 568 milliard litr suv kamaydi

Evropada suv inqirozi: Konstans ko‘lida 568 milliard litr suv kamaydi

Germaniya, Shveysariya va Avstriya chegarasida joylashgan Konstans ko‘lida suv sathi tarixiy darajada pasaygani ma’lum qilindi.

Hozirda ko‘ldagi suv miqdori oktyabr oyi boshidagi odatiy ko‘rsatkichdan qariyb 568 milliard litrga kam. Bu ko‘l umumiy suv hajmining taxminan 1,2 foizini tashkil etadi.

Suv sathining pasayishiga uzoq davom etgan qurg‘oqchilik, yozdagi yuqori harorat, yog‘ingarchilikning kamligi hamda Alp tog‘larida qishning qorsiz kelgani sabab bo‘lgan. Ko‘lning asosiy irmog‘i — Reyn daryosi ham hozir odatdagidan ancha kam suv olib kelmoqda.

Suv sathining pasayishi kemalar qatnoviga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayrim pristanlar yopilgan, ko‘lning g‘arbiy qismida esa kemalar harakati to‘liq to‘xtatilgan.

Mutaxassislar ko‘ldagi suv sathi sernam kuz va qishdan keyingina tiklanishi mumkinligini bildirmoqda. Qulay ob-havo sharoitida suv miqdori 2027 yil martiga kelib me’yoriga qaytishi mumkin.

Kiritildi: 19:55 07.10.2026. O'qildi: 421 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!