Evropada islomofobiya individual holatlardan chiqib, ijtimoiy muammoga aylanib bormoqda. Turkiya-Germaniya universiteti dosenti, “Islomofobiya bo‘yicha Yevropa hisoboti” muharriri Enes Bayraklining so‘zlariga ko‘ra, ilgari mahalliy darajada qo‘llanilgan hijobga nisbatan taqiqlar hozirda ko‘plab Yevropa davlatlarida milliy darajada joriy etilmoqda.
Bayrakli va Villiam & Mari professori Farid Hafez tomonidan tayyorlangan hisobot 28 davlatda musulmonlarga nisbatan irqchilik va diskriminasiyani tahlil qilgan. Hisobotga ko‘ra:
2023 yilda musulmonlarning 47 foizi irqchilikka duch kelgan, bu 2016 yildagi 39 foizdan ortiq.
Diniy liboslarga nisbatan taqiqlar odatiy holga aylanib, hijob va boshqa urf-odatlarga qarshi cheklovlar institusional darajada qo‘llanilmoqda.
Avstriya (71%), Germaniya (68%) va Finlyandiya (63%) musulmonlarga nisbatan diskriminasiya eng yuqori darajada qayd etilgan davlatlardir.
Bayraklining ta’kidlashicha, G‘azodagi urush Yevropadagi musulmonlar yig‘ilishlari va so‘z erkinligi kabi asosiy huquqlarni cheklash uchun bahona bo‘lib xizmat qilmoqda. Hukumatlar islomofobiyani ochiq tan olmaslikni afzal ko‘rib, “yumshoq” terminlardan foydalanmoqda.
BMT 15 martni Xalqaro islomofobiyaga qarshi kurash kuni deb e’lon qilganiga qaramay, 2023 yilda hech bir Yevropa davlati bu kunni nishonlamagan. Yevropa davlatlari islomofobiyaga qarshi qonuniy choralar ko‘rishda sustkashlik lik qilmoqda.
Evropada islomofobiyaning ijtimoiylashuvi musulmonlarning ta’lim, bandlik va ijtimoiy hayotdagi ishtirokiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Muammoning global darajada tan olinishi va unga qarshi qat’iy choralar ko‘rilishi inson huquqlarini himoya qilish yo‘lida muhim qadam bo‘ladi.