Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Evropa va Osiyoda gaz narxi yana ko‘tarila boshladi

Evropa va Osiyoda gaz narxi yana ko‘tarila boshladi

Osiyoda suyultirilgan gaz narxi fevral oyi oxiridan beri 40 foizga oshdi va bu yilgi eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi. Bugungi kunda har ming kubometr uchun 400 dollarga baholanmoqda. Bu haqda Kazinform xabar berdi.

Shu munosabat bilan uzoq muddatli shartnomalar asosida ishlamaydigan ko‘plab suyultirilgan gaz yetkazib beruvchilar Osiyo bozoriga ustuvor ahamiyat bera boshladilar. Ular birinchi navbatda Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoyga mahsulot jo‘natishmoqda.

Aytish joizki, narxlar Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat va buning natijasida yuzaga kelgan logistika qiyinchiliklari tufayli oshib bormoqda.

Rystad Energy tahlilchilariga ko‘ra, agar mojaro yanada kuchaysa va Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopsa, gaz narxi har ming kubometr uchun 3600 dollardan oshishi mumkin.

Hozircha bunday ssenariyning ehtimoli past.

Qayd etish joizki, dunyodagi barcha suyultirilgan gaz yetkazib beruvchilar savdosining qariyb 20 foizi ushbu bo‘g‘oz orqali o‘tadi.

Rossiya uchun gaz narxining jahon bozorida oshishi - qulay hodisadir.

Buning sababi shundaki, mahalliy gaz tariflari jahon narxlariga bog‘liq emas va asosan suyultirilgan gaz eksport qilinadi.

Biroq, Osiyoda narxlarning oshishi Yevropani havotirga soldi. Ayni paytda Yevropada gaz narxi ming kub metr uchun 350 dollarni tashkil etadi.

Bu joriy yil fevral-mart oylariga nisbatan bir yarim-ikki baravar ko‘pdir.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, hozirda bozorda suyultirilgan gaz taqchilligi yo‘q, shuning uchun Yevropa va Osiyo o‘rtasida mavjud ishlab chiqarish hajmi uchun kurash kuchayishi dargumon.

Kiritildi: 17:53 19.04.2024. O'qildi: 1192 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!