O‘tgan yili Davosda men nutqimni quyidagi so‘zlar bilan yakunlagan edim: "Evropa o‘zini qanday himoya qilishni bilishi kerak. Bir yil o‘tdi, lekin hech narsa o‘zgarmadi, dedi Zelenskiy Jahon iqtisodiy forumida.
Zelenskiyning boshqa bayonotlari:
- Yevropa Grenlandiyaga 1 ta yoki 30 ta askar yuborganidan, maqsad nima? Bu Putin uchun, Xitoy uchun qanday xabar? Va eng muhimi, bu Daniya uchun qanday xabar? 30 yoki 40 askar hech narsani himoya qilmaydi;
- Endi Belarusdan yadroviy "Oreshnik" tarmog‘i ko‘pgina Yevropa mamlakatlariga yetib boradi. Agar Belarus xalqi 2020-yilda g‘alaba qozonganida, bu sodir bo‘lmas edi. Zelenskiy G‘arbni Belarus va Eron xalqlariga ozodlik uchun kurashda yordam bermaganlikda tanqid qildi;
- Agar dushman harbiy kemalari Grenlandiya atrofida bemalol suzib yursa, Ukraina yordam berishi mumkin. Ular xuddi Qrimda cho‘kib ketganidek, Grenlandiyada ham cho‘kib ketishi mumkin. Muammo yo‘q. Agar biz NATOda bo‘lganimizda, bu muammoni hal qilgan bo‘lar edik.