Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

Evropa — uxlab yotgan gigantdir — Buyuk Britaniya bosh vaziri

Evropa — uxlab yotgan gigantdir — Buyuk Britaniya bosh vaziri

"Bizning umumiy iqtisodiyotimiz Rossiya iqtisodiyotidan o‘n baravar yuqori. Bizda ulkan mudofaa salohiyati mavjud. Biroq juda ko‘p hollarda bu imkoniyatlar yig‘indisi kutilgan natijani bermayapti", — deya fikr bildirdi Kir Starmer Myunxen xavfsizlik konferensiyasida.

Buyuk Britaniya bosh vazirining boshqa bayonotlari:

◾️ Yevropada 20 dan ortiq turdagi o‘rtacha o‘lchamli jangovar kemalar va qariyb 10 turdagi qiruvchi samolyotlar mavjud. Bizda 10 dan ortiq asosiy jangovar tank turlari bor. Holbuki, AQShda bunday texnikaning atigi bitta turi mavjud va u ancha samarasiz;

◾️ Biz harbiy qudratimizni mustahkamlashimiz kerak, chunki hozirgi davrda aynan harbiy kuch asosiy “valyuta” hisoblanadi;

◾️ Biz tajovuzni jilovlay oladigan darajada kuchli bo‘lishimiz shart. Zarurat tug‘ilsa, xalqimizni, qadriyatlarimizni va turmush tarzimizni himoya qilish uchun kurashishga ham tayyor bo‘lishimiz lozim;

◾️ Rossiya Ukraina hududiga bostirib kirib, katta strategik xatoga yo‘l qo‘ygani haqiqat. Rossiyaning bu urushdagi yo‘qotishlari soni milliondan oshgani aytilmoqda;

◾️ Urush davom etayotgan bir paytda ham Rossiya qayta qurollanmoqda, o‘z qurolli kuchlari va sanoat bazasini tiklamoqda;

◾️ Hatto Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuvi tuzilgan taqdirda ham, Rossiyaning qayta qurollanishi ehtimol yanada tezlashadi. Yevropa uchun kengroq tahdid tugamaydi, aksincha kuchayadi. Shuning uchun biz bu tahdidga to‘liq javob qaytarishimiz zarur;

◾️ Yevropasiz Buyuk Britaniya xavfsizligi bo‘lmaydi, Buyuk Britaniyasiz esa Yevropa xavfsizligi bo‘lmaydi;

◾️ AQSh o‘rnini bosib bo‘lmaydigan ittifoqchi bo‘lib qolmoqda. So‘nggi 80 yil davomida Vashingtonning Yevropa xavfsizligiga qo‘shgan hissasi tengsiz;

◾️ AQSh Milliy xavfsizlik strategiyasi Yevropa o‘z mudofaasi uchun asosiy mas’uliyatni zimmasiga olishi kerakligini aniq ko‘rsatmoqda. Bu — yangi norma;

◾️ Qo‘shma Shtatlarning barcha imkoniyatlarini to‘liq almashtira olamiz deb o‘zimizni ishontirish o‘rniga, biz diversifikasiya qilish va qaramlikni kamaytirishga e’tibor qaratishimiz zarur;

◾️ NATO'ning barcha a’zolariga shuni aytaman: alyans nizomining 5-moddasiga bo‘lgan sadoqatimiz avvalgidek qat’iy. Zarurat tug‘ilsa, Buyuk Britaniya bugunoq sizlarga yordamga boradi;

◾️ Buyuk Britaniya joriy yilda HMS Prince of Wales aviatashuvchisi boshchiligidagi zarba guruhini Shimoliy Atlantika va Arktika hududlariga yuboradi. Ushbu aviatashuvchi AQSH, Kanada va NATO'dagi boshqa ittifoqchilarimiz bilan birgalikda harakat qilib, yevroatlantika xavfsizligiga sodiqligimizni namoyish etadi;

◾️ Biz Fransiya bilan yadroviy hamkorligimizni mustahkamlayapmiz;

◾️ O‘nlab yillar davomida Buyuk Britaniya Yevropadagi yagona yadroviy davlat bo‘lib, o‘zining tiyib turish salohiyatini NATO'ning barcha a’zolarini himoya qilish uchun qo‘llash majburiyatini olgan edi. Endi esa har qanday raqib inqiroz yuzaga kelgan taqdirda birlashgan kuchimizga duch kelishini bilishi kerak.

Kiritildi: Bugun 16:15. O'qildi: 457 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!