AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi rahbarining Moskvaga tashrifi va u yerda o‘tkazgan muzokaralari tafsilotlarini yevropalik ittifoqchilariga ma’lum qilmagan.
Bu haqda Bloomberg Yevropa rasmiylariga tayanib xabar berdi.
Nashr manbalariga ko‘ra, yevropalik suhbatdoshlarning hech biri Vashingtondan Retkliff va Narishkin o‘rtasidagi muzokaralar mazmuni haqida batafsil ma’lumot olmagan.
Shu bois Yevropa rasmiylarining tashrif maqsadi va unda muhokama qilingan masalalar haqidagi baholari, asosan, o‘z razvedka ma’lumotlari hamda AQShning bunday vaziyatlarda odatda qanday harakat qilishi haqidagi tasavvurlariga asoslangan.