Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Evropa Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar e’lon qilindi

Evropa Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar e’lon qilindi

Evropa Ligasining chorak final dastlabki bahslari 8 aprel, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

UYEFA mazkur o‘yinlar yakunlariga ko‘ra haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlarni e’lon qildi.

Da’vogarlar bilan tanishing:

  • Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted») — «Granada»ga qarshi o‘yinda (2:0) 1 gol va 83% uzatmalar aniqligi;
  • Xerar Moreno («Vilyarreal») — «Dinamo Zagreb»ga qarshi bahsda (1:0) bitta gol;
  • Tomash Golesh («Slaviya») — «Arsenal»ga qarshi bellashuvda (1:1) 1 gol va 87% uzatmalar aniqligi;
  • Pau Lopes («Roma») — «Ayaks»ga qarshi uchrashuvda (2:1) 8 ta seyv va 74% uzatmalar aniqligi.

G‘olib nomi 9 aprel kuni e’lon qilinadi.

Evropa Ligasi 1/4 final o‘yinlari videosharhini bu yerda tomosha qilish mumkin — video.

Kiritildi: 10:09 09.04.2021. O'qildi: 1270 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!