Evropa Kengashi Ukrainada mojaro yakunlanganidan keyin saylovlar o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda tashkilot bosh kotibi Alen Berse ma’lum qildi.
"Biz Ukrainada erkin va adolatli saylovlarni o‘tkazish imkoni paydo bo‘ladigan kun uchun tayyorgarlik olib bormoqdamiz", — dedi u Rapporteur nashriga bergan intervyusida.