Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Evropa Ittifoqiga migrantlar oqimi 37 foizga kamaydi

Evropa Ittifoqiga migrantlar oqimi 37 foizga kamaydi

2026 yilning birinchi yarmida Yevropa Ittifoqiga barcha O‘rta yer dengizi yo‘llari orqali kelgan migrantlar soni 37 foizga kamaydi.

Bu haqda Yevropa chegaralarini himoya qilish agentligi Frontex xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Ispaniyaga migrantlar oqimi 67 foizga kamayib, 10 000 dan sal ko‘proqni, Italiyaga 55 foizga (14 000 dan ortiq) va Gresiyaga dengiz orqali kelganlar soni 29 foizga kamayib, 16 600 ga yetdi.

Bundan tashqari, quruqlikdagi Bolqon yo‘li orqali chegarani kesib o‘tgan migrantlar soni 24 foizga kamaydi. Yil boshidan beri ushbu yo‘l orqali Yevropa Ittifoqiga 4000 dan kam odam kelgan.

Biroq, Xalqaro migrasiya tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, O‘rta yer dengizi yo‘llari juda xavfli bo‘lib qolmoqda: yil boshidan beri dengiz orqali Yevropaga yetib borishga urinayotganda taxminan 1300 kishi halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Yevropa Ittifoqi ichki ishlar vazirlari ilgari Seutadagi migrantlar inqiroziga javoban Italiya tashabbusi bilan favqulodda videokonferensiya o‘tkazgan edi.

Kiritildi: 09:00 05.08.2026. O'qildi: 1398 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!