Evropa Ittifoqi Serbiyaga ajratiladigan moliyaviy yordamni 1,5 milliard yevrogacha qisqartirishga tayyor, deb yozmoqda «Politico» nashri.
«Biz Serbiyada sodir bo‘layotgan voqealardan tobora ko‘proq xavotirga tushmoqdamiz», — deya Yevropa Ittifoqining kengayish masalalari bo‘yicha komissari Marta Kosning so‘zlarini keltiradi nashr.
Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, bunga mamlakatda «demokratiyadan chekinish» va Rossiya bilan o‘rnatilgan yaqin aloqalar sabab bo‘lmoqda.