Evropa Ittifoqi Ozodlik radiosiga shoshilinch moliyaviy yordam beradi - 5,5 million yevro YEIga qo‘shni davlatlar, Shimoliy Kavkaz va Markaziy Osiyodagi ishlarni qo‘llab-quvvatlash uchun ajratiladi.
Bu haqda Yevropa Ittifoqi diplomatiya bo‘yicha rahbari Kaja Kallas ma’lum qildi . Moliyalashtirish Yevropa Demokratiya jamg‘armasi orqali amalga oshiriladi.
Joriy yilning mart oyida Trampning farmoni bilan Ozod Yevropa/Ozodlik radiosini nazorat qiluvchi AQSh Global Media agentligi (USAGM)ni moliyalashtirish to‘xtatildi.
Bu tuzilmaning Markaziy Osiyoda beshta byurosi – qozoq va qirg‘iz xizmatlari “Azattik”, tojikistonlik “Ozodi”, turkmanning “Azatlik” va o‘zbek “Ozodlik”lari bor.