Evropa Ittifoqi va prezident Jo Bayden boshchiligidagi Qo‘shma Shtatlar JSST va JSTni isloh qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarini yangilashi kerak.
Bu haqda Yevropa Ittifoqi Kengashining bayonotida ma’lum qilindi, demoqda “TASS”.
"Evropa Ittifoqi va AQShning Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda Jahon savdo tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlarni mustahkamlash, shuningdek, isloh qilish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarini yangilash vaqti keldi", deyiladi hujjatda.
Evropa Ittifoqi, shuningdek, qurollarni tarqatmaslik, qurolsizlanish va qurollarni nazorat qilishni kuchaytirish bo‘yicha birgalikdagi ishlarni amalga oshirishga chaqirgan.