Bryusseldagi ishchi kechki ovqatda Yevropa yetakchilari AQSh prezidenti Donald Trampning tahdidlari va bosimiga qarshi turish rejasini tayyorladilar.
Bu haqda The New York Times xabar berdi.
Nashrning ta’kidlashicha, Tramp "Evropaga iqtisodiy azob berish tahdidlari, siyosatchilarini xo‘rlash va ularning qadriyatlarini keskin tanqid qilish bilan dunyoni larzaga keltirganidan" so‘ng, Yevropa yetakchilari harakatlar rejasini tuzdilar. Unda Amerika prezidentining kelajakdagi provokasiyalariga, jumladan, qasos tariflarini joriy qilish tahdidlariga xotirjam munosabat bildirish talab etiladi. Bundan tashqari, ular Yevropaning ishonchsiz ittifoqchiga aylangan Vashingtonga harbiy va iqtisodiy qaramligini kamaytirish ustida ishlashni rejalashtirmoqdalar.
Manbalarga ko‘ra, Italiya bosh vaziri Djordja Meloni uchrashuvda AQSh prezidenti bilan muloqotni davom ettirishni taklif qildi, Germaniya kansleri Fridrix Mers Qo‘shma Shtatlarga iqtisodiy qaramlikni kamaytirish uchun tezkor choralar ko‘rishni taklif qildi va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yevropa Vashingtonga qarshi kurashishga tayyorligini namoyish qilishi va shu bilan Trampning hurmatini qozonishi kerakligini aytdi.
Gazeta Yevropa rejasini "nisbatan dadil, ammo baribir ancha mavhum" deb ta’riflab, bu "Evropa yetakchilari Trampga bosimni so‘zlar bilan avvalgidan ko‘ra kuchaytirganliklari, ammo hali ham o‘z bayonotlarini amallar bilan qo‘llab-quvvatlashga qiynalayotganliklari"ning namunasi ekanligini ta’kidladi.