15 iyun kuni e’lon qilingan qo‘shma bayonotda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Fridrix Mers, Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer va Italiya bosh vaziri Jorja Meloni AQSh hamda Eron o‘rtasida 19 iyun kuni imzolanishi kutilgan kelishuvni yuqori baholadi.
Evropa yetakchilari mazkur kelishuv mintaqadagi keskinlikni yumshatish, xavfsizlikni mustahkamlash hamda global iqtisodiyot barqarorligiga xizmat qilishini qayd etdi. Ular muzokaralar jarayoni ishtirokchilarini diplomatik yutuq bilan tabriklab, kelishuvning tez va to‘liq amalga oshirilishi muhimligini urg‘uladi.
Qo‘shma bayonotda Ho‘rmuz bo‘g‘ozida kemalar harakatini zudlik bilan tiklash zarurligiga ham alohida e’tibor qaratildi. Yevropa davlatlari bu borada xalqaro sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirib, zarurat tug‘ilsa, muhim dengiz yo‘lagini minalardan tozalash ishlarida ham ishtirok etishini ma’lum qildi.
Ushbu pozisiya Yevropa yetakchilarining qo‘shma bayonotida ham aks etgan. Hujjatda Eronning yadroviy qurol yaratishiga har qanday sharoitda yo‘l qo‘yilmasligi qayd etilgan.
Shuningdek, Fransiya, Germaniya, Britaniya va Italiya AQSH, Eron hamda Atom energiyasi xalqaro agentligi bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi. Ular Eron tomonidan yadroviy dastur yuzasidan aniq va tekshirish mumkin bo‘lgan qadamlar tashlangan taqdirda, tegishli sanksiyalarni bekor qilish imkoniyatini ham qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
Tahlilchilar fikricha, agar kelishuv muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, u Yaqin Sharqdagi xavfsizlik vaziyatini barqarorlashtirish va xalqaro energetika bozorlaridagi bosimni kamaytirishga xizmat qilishi mumkin.