Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Evropa davlatlarida Osiyoda ishlab chiqarilgani aytilayotgan zaharli niqoblar tarqatilgan

Evropa davlatlarida Osiyoda ishlab chiqarilgani aytilayotgan zaharli niqoblar tarqatilgan

Belgiya rasmiylari tasodifan aholiga zaharli moddalar bo‘lishi mumkin bo‘lgan tibbiy niqoblarni tarqatgan. 

Bu haqda “The Brussels Times” Belgiya Sog‘liqni saqlash ilmiy-tadqiqot institutining maxfiy hisobotiga asoslanib xabar bermoqda.

Umumiy hisobda Yevropa mamlakatlari hukumatlari 15 million dona mato niqobni bepul tarqatgan. Ularning barchasi Lyuksemburgning “Avrox” kompaniyasi tomonidan Osiyoda ishlab chiqarilgan.

Xabarda aytilishicha, niqoblar tarkibida kumush va titan dioksidining mikroskopik zarralari bo‘lishi mumkin. Ushbu unsurlar nafas yo‘llariga zarar etkazishi mumkin. Ya’ni, olimlarning ta’kidlashicha, ushbu niqoblarni taqish pnevmoniya rivojlanishiga olib keladi. 

Belgiya sog‘liqni saqlash vaziri maskalar xavfi hali isbotlanmaganligini aytgan bo‘lsa-da, ehtiyotkorlik chorasi sifatida ilgari chiqarilgan niqoblarni taqishni va farmasevtlarni ularni tarqatishni vaqtincha to‘xtatishga chaqirgan.

Kiritildi: 22:34 27.02.2021. O'qildi: 2526 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!