Bugun 29 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Evropa aviakompaniyalari reyslarni qisqartirmoqda

Evropa aviakompaniyalari reyslarni qisqartirmoqda

Evropa aviakompaniyalari aviayoqilg‘i narxining keskin oshishi fonida reyslarni qisqartirishni boshladi.

Fransiyaning loukost kompaniyasi Transavia France (Air France-KLM tarkibiga kiradi) may va iyun oylarida reyslarning bir qismini bekor qilishini e’lon qildi. Bu rejalashtirilgan parvozlarning taxminan 2 foizini tashkil etadi.

Yo‘lovchilarga muqobil reyslar, vaucherlar yoki to‘liq pul qaytarish taklif etiladi.

Yoqilg‘i narxining oshishi Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi va Ormuz bo‘g‘ozi orqali yetkazib berishdagi uzilishlar bilan bog‘liq. So‘nggi bir yil ichida Yevropada aviayoqilg‘i qiymati ikki barobardan ko‘proq oshgan.

Bu muammo faqat bitta kompaniya bilan cheklanmayapti. Niderlandiyaning KLM kompaniyasi Yevropadagi 160 ga yaqin reysni bekor qilishini ma’lum qildi, Lufthansa esa oktyabrga qadar 20 minggacha qisqa masofali parvozlarni qisqartirish va o‘zining CityLine sho‘’ba kompaniyasini yopishni rejalashtirmoqda. Boshqa tashuvchilar ham jadvallarni qayta ko‘rib chiqmoqda va yoqilg‘i qimmatlashuvi tufayli xarajatlar ortishi haqida ogohlantirmoqda.

Avvalroq Fatix Birol — Xalqaro energetika agentligi rahbari — Yevropa yaqin vaqtda aviayoqilg‘i tanqisligiga duch kelishi mumkinligini bildirgan edi.

Kiritildi: Bugun 10:40. O'qildi: 183 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!