Bugun 10 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Evroittifoq Rossiya neftidan daromad olish rejasini tayyorladi

Evroittifoq Rossiya neftidan daromad olish rejasini tayyorladi


Evropa mamlakatlari musodara qilingan Rossiya neftini sotishni va undan tushgan mablag‘ni egalariga qaytarmaslikni rejalashtirmoqda. Bu haqda Yevropa Ittifoqi rasmiy jurnalida e’lon qilingan qarorda ma’lum qilindi.

Evropa Ittifoqining 21-sanksiyalar paketi qabul qilingungacha qo‘llangan embargo Rossiya energiya resurslarini sotib olish, import qilish va tashishni taqiqlagan edi. Biroq u paytda yukni sotish va tushgan foydani egasiga bermaslik imkonini beruvchi mexanizm yo‘q edi. Yangi tuzatishlar ilk bor shunday imkoniyatni nazarda tutadi.

Hujjatga ko‘ra, yangi mexanizm YEI mamlakatlariga ushlab qolingan tankerlardagi neftni musodara qilish imkonini beradi. Shundan so‘ng mahsulot sotib olish va ko‘chirish taqiqidan chiqariladi. Yuk uchinchi tomonga sotiladi, tushgan mablag‘ esa rossiyalik sobiq mulkdorga berilmaydi. Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqi bunday mahsulltlarni o‘z hududida vaqtincha saqlashga hamda erkin zona bojxona rejimiga joylashtirishga ruxsat berdi.

Kiritildi: 23:25 24.07.2026. O'qildi: 1401 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!