Bugun 3 iyul, 2024 yil, chorshanba

КИР

Evro-2024'da eng uzoq masofadan urilgan gol ma’lum bo‘ldi

Evro-2024'da eng uzoq masofadan urilgan gol ma’lum bo‘ldi

UEFA rasmiy sayti qiziqarli statistikani e’lon qildi - Yevro-2024 guruh bosqichidagi eng kuchli va uzoq masofadan urilgan gollar aniqlandi.

Eng qizig‘i, ular bir kvartet – “S” kvartetida sodir bo‘lgan. Eng kuchli gol guruh bosqichining birinchi turidan o‘rin olgan Sloveniya – Daniya uchrashuvida kiritildi.

Uning muallifi Erik Yanja bo‘ldi (1:1). Uning zarbasidan keyin to‘p 128,76 km/soat tezlikka erishdi.

Eng uzoqdan kiritilgan gol Dane Morten Yulmanga tegishli bo‘lib, guruh bosqichining 2-turida Angliyaga qarshi bahsda 28 metr masofadan u gol urgan (1:1).

Kiritildi: 10:25 29.06.2024. O'qildi: 536 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!