Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Evro-2020. Germaniya — Fransiya: asosiy tarkiblar ma’lum

Evro-2020. Germaniya — Fransiya: asosiy tarkiblar ma’lum

Evro-2020 birinchi davrasi Myunxendagi o‘yin bilan yakunlanadi. F guruhi jamoalari Fransiya va Germaniya terma jamoalari to‘qnash kelishmoqda.

Fransiya terma jamoasiga qaytgan hujumchi Karim Benzema birinchi daqiqalardan Germaniya jamoasiga qarshi o‘ynaydi. Bolgariya termasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida Benzema jarohat olgandi va uning o‘yindagi ishtiroki so‘roq ostida edi.

Fransiya terma jamoasining to‘liq tarkibi quyidagicha: Ugo Lyoris, Luka Ernandes, Kimpembe, Rafael Varan, Benjamin Pavar, N'Golo Kante, Adrian Rabiot, Pol Pogba, Antuan Grizmann, Kilian Mbappe, Karim Benzema.

Germaniya terma jamoasi darvozasidan joyni Manuel Noyer egallaydi. "Bavariya" darvozaboni uchun bu o‘yin 101-o‘yin. Nemislar o‘yinni quyidagicha boshlashadi:

Manuel Noyer, Antonio Ryudiger, Matias Ginter, Mats Xummels, Yozua Kimmix, Kay Havers, Toni Kroos, Serj Gnabri, Robin Gosens, Ilkay Gundogan, Tomas Myuller.

Kiritildi: 23:39 15.06.2021. O'qildi: 1603 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!