Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Estoniya Ukrainaga Mistral havo mudofaa raketa tizimlarini yubordi

Estoniya Ukrainaga Mistral havo mudofaa raketa tizimlarini yubordi

Estoniya hukumati o‘zining X tarmog‘idagi akkauntida Ukrainaga «Mistral» havo hujumidan mudofaa raketa tizimlarini jo‘natganini ma’lum qildi.

“Tasdiqlaymiz! «Mistral qisqa masofali havo hujumidan mudofaa tizimlari va ular uchun Estoniya tomonidan taqdim etilgan raketalar allaqachon Ukrainaga yetkazilgan», — deyiladi xabarda.

Defence Blog nashrining yozishicha, Mistral tizimi Fransiyada ishlab chiqilgan bo‘lib, vertolyotlar va samolyotlarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan. Bunday raketalar alohida harbiy xizmatchilar tomonidan uchirilishi yoki transport vositalari, kemalar yoki vertolyotlarga joylashtirilishi mumkin.

Mistral olti kilometrgacha uchish masofasiga ega va pastdan uchuvchi samolyotlar va vertolyotlarga qarshi ishlatilishi mumkin.

Estoniya iyun oyida o‘z zaxiralarini to‘ldirish uchun yangi Mistral tizimlarini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi, deb xabar beradi Baltic Times. Tallin ushbu shartnomani Fransiya, Belgiya, Kipr va Vengriya bilan birgalikda imzoladi.

Estoniya Rossiya bosqiniga qarshi kurashda Ukrainaning eng sodiq ittifoqchilaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bu mamlakat yalpi ichki mahsulotining 1 foizdan ortig‘ini Kiyevga yordam berish uchun ajratadi.

Kiritildi: 09:43 07.07.2024. O'qildi: 982 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!