Fridrix Mers Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida so‘zlagan nutqida “katta davlatlar siyosati” davri kelganini aytib, yangi voqelikni qabul qilmaslikka chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi dunyo qudrat asosiga qurilmoqda va u qulay joy bo‘lmaydi.
Mers Yevropa Ittifoqi davlatlariga Rossiya va Xitoyning roli o‘zgargan hamda AQShning yetakchilik pozisiyasi qiyinchiliklarga duch kelayotgan bir paytda birdamlikni saqlashni tavsiya qildi.
"Daniya va Grenlandiya xalqi bizning birdamligimizga umid qilishi mumkin", — deya qo‘shimcha qildi kansler.