Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Ertaga yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin

Ertaga yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 8 iyun kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 18-20, kunduzi 30-32 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayish mumkin. Kechasi 15-20, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi. 

Toshkent viloyatida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi. 

SamarqandJizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 17-22, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

AndijonNamangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kuning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 18-23 daraja issiq bo‘ladi.

Kiritildi: 15:36 07.06.2019. O'qildi: 1878 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!