Bugun 29 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Ertaga Toshkentda havo isib ketadi

Ertaga Toshkentda havo isib ketadi

Gidrometeorologiya xizmati markazi bergan ma’lumotga ko‘ra, ertaga, 16 noyabr kuni mamlakat bo‘ylab quyidagicha ob-havo kuzatiladi.
 
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida havo harorati kechasi -3...-1, kunduzi +9...+11 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 3-8 m/sga yetadi.
 
Farg‘ona vodiysida havo  kechasi -5...0, kunduzi +7...+12 daraja bo‘lishi kutilmoqda. 5-10 m/s tezlikda shamol esib, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
 
Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo harorati kechasi -5...-0, kunduzi +8...+13 daraja bo‘lib, havo o‘zgarib turadi, 5-10 m/s tezlikda shamol esadi.
 
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati kechasi -5...0, kunduzi +8...+13 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 3-8 m/sga yetadi. Havo bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
 
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida havo harorati kechasi -2...+3, kunduzi +8...+13 darajagacha ko‘tariladi. Shamol tezligi 3-8m/sga yetadi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi.
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati kechasi -7...-2, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 5-10 m/sni tashkil etadi. Havo bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
 
Qamchiq dovoni va Chimyonda kechasi -13...-8, kunduzi esa -7...-2 daraja bo‘ladi. 3-8 m/s tezlikda shamol esadi.

Qalampir.uz

Kiritildi: 13:46 15.11.2018. O'qildi: 1400 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!