9 yanvar, juma kuni Yer atmosferasida minimal darajadagi magnit bo‘ronlari kuzatilishi kutilmoqda. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Kosmik tadqiqotlar instituti Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi ma’lum qildi.
Olimlarning aytishicha, bu Yer yonidan o‘tadigan o‘rtacha hajmdagi plazma chiqindisi sababli kuzatilmoqda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, plazma oblagi yo‘nalishining ozgina burilishi ham Yerga ta’sir darajasini o‘zgartirishi ehtimoldan xoli emas, shu bois prognozlar nobarqaror hisoblanadi. Agar chiqish kichik bir burilish bilan o‘tsa, Yerga geomagnit ta’sirlar sezilmasligi mumkin. Ammo boshqa tomonga ozgina yo‘nalish o‘zgarishi ham geomagnit quvvatlanishining kutilgandan kattaroq bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Olimlarning fikriga ko‘ra, Quyoshning Yer tomoniga qaragan qismida yangi va nodir shakldagi koronal teshik paydo bo‘lishi oqibatida keyingi ikki kun ichida quyosh shamoli tezligi ortishi mumkin.