Bugun 15 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Erta nikoh haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi – loyiha

Erta nikoh haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi – loyiha

Bu Prezidentning «Jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga o‘zgartish kiritishni nazarda tutuvchi qaror loyihasida belgilangan.

Loyihaga ko‘ra, 2026 yil 1 sentyabrdan boshlab nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilik yoki nikoh tuzish tartibini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun undirilgan jarima mablag‘larining 15 foizi ushbu holat haqida xabar bergan shaxslarni rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi.

Hujjatda mazkur norma Prezidentning 2026 yil 3 martda qabul qilingan «Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy choralar to‘g‘risida»gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgani qayd etilgan.

Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga uch oy muddatda mukofotlash tartibini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish vazifasi yuklanmoqda.

Loyiha qabul qilinsa, erta nikohlar va qonunga zid nikoh marosimlariga qarshi kurashishda jamoatchilik ishtirokini kuchaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Kiritildi: Bugun 17:13. O'qildi: 195 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!