Eronning yangi oliy rahnamosi Mujtabo Xominaiy yaralangan va katta ehtimol bilan mayib bo‘lgan.
Bu haqda Pentagon rahbari Pit Hegset jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
"Bilishimcha, yangi “unchalik ham oliy bo‘lmagan” rahnamo yaralangan va ehtimol, mayib bo‘lib qolgan. Kecha u bayonot berdi, lekin ovozsiz va videosiz, faqat yozma matn shaklida", — dedi Pentagon rahbari.
Pit Hegset Mujtabo Xominaiyning yuzi katta ehtimol bilan jiddiy shikastlangani sababli omma oldida ko‘rinish bermayotganining aytdi.