9 iyul kechqurun Eronning bir nechta hududida Tehron va Vashington o‘rtasidagi harbiy qarama-qarshilik davom etayotgan bir paytda portlashlar sodir bo‘ldi.
Eron davlat ommaviy axborot vositalari hodisa haqida xabar berdi, ammo portlashlar sabablari va ehtimoliy jabrlanganlar haqida ma’lumot keltirilmadi.
Mehr axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat janubidagi Busher shahri va unga yaqin joylashgan Chog‘adak aholi punkti hududida ikkita portlash ovozi eshitilgan.
Shuningdek, agentlik janubdagi Konarak shahrida yana uchta portlash sodir bo‘lganini xabar qildi.