Eronning barcha tijorat aviakompaniyalari faoliyati to‘xtatiladi — AQSh moliya vaziri
Skott Bescentning so‘zlariga ko‘ra, 23 sentyabrdan e’tiboran Eronning barcha aviakompaniyalari butun dunyo bo‘ylab o‘z ishini to‘xtatadi. U Tehronga tegishli fuqaro aviasiyasini yakkalash maqsadida kiritilayotgan qat’iy sanksiyalar mohiyatini tushuntirdi.
Bescent Eron samolyotlariga xizmat ko‘rsatadigan xalqaro ayeroportlar AQSh bank tizimidan to‘liq uzib qo‘yilishini aytdi. Endilikda xorijiy operatorlar dollarda hisob-kitob qilish huquqidan mahrum bo‘lish xavfi tufayli Eron samolyotlariga yonilg‘i quyolmaydi, qo‘nish joylarini ajratolmaydi va yo‘lovchi chiptalarini sotolmaydi.
Ushbu aviasiya embargosi Vashingtonning “Iqtisodiy g‘azab” amaliyoti doirasida Tehronga nisbatan iqtisodiy bosimni oshirayotgan bir paytda joriy etilmoqda. Eron rasmiylari rejalashtirilgan ushbu cheklovlar bo‘yicha hali rasmiy munosabat bildirgani yo‘q.