Eron armiyasining vertolyoti mamlakat markazidagi ISFAHON viloyatida joylashgan bozorga qulab tushdi.
"IRNA" xabariga ko‘ra, shturman, uchuvchi va ikki nafar savdogar halok bo‘lgan, bir kishi jarohatlangan.
7 yanvar kuni Perm o‘lkasining Bardim tumanida xususiy vertolyot halokatga uchragan edi. O‘shanda ikki kishi halok bo‘lgandi.
Havo kemasi "Ashatli-park" dam olish maskani hududiga qulagan. Aviahalokat lahzalari videoga muhrlangan.