Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Eron vaqtinchalik sulh taklifini rad etdi

Eron vaqtinchalik sulh taklifini rad etdi

Eron Tehron va Vashington o‘rtasida vositachi vazifasini o‘tayotgan Pokistonga sulh taklifi yuzasidan o‘z javobini yubordi, deb xabar bermoqda IRNA agentligi.

Eron tomonidan taqdim etilgan reja o‘n banddan iborat. Unda Tehron vaqtinchalik sulh taklifini rad etib, buning o‘rniga urushni uzil-kesil to‘xtatishga erishish zarurligini ta’kidlagan.

Shuningdek, Eron o‘ziga qo‘yilgan sanksiyalarni bekor qilishni va Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali kemalarning xavfsiz harakatlanishi uchun maxsus hujjat ishlab chiqishni talab qilmoqda.

Avvalroq ommaviy axborot vositalari Pokiston AQSh va Eronga tinchlik rejasi loyihasini taqdim etgani haqida xabar bergan edi. Ushbu reja zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish hamda keng qamrovli tinchlik bitimini muhokama qilish uchun 15-20 kun davom etadigan faol muzokaralarni boshlashni nazarda tutadi.

Kiritildi: 21:26 06.04.2026. O'qildi: 400 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!