Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Eron va Xitoy 25 yillik shartnoma imzoladi

Eron va Xitoy 25 yillik shartnoma imzoladi

Eron va Xitoy shartnomasi Eronning energetikasi va infratuzilmasiga Xitoy investisiyalarini kiritishni nazarda tutadi.

Ma’lum qilinishicha, Xitoy Eronga 25 yil davomida barqaror neft yetkazib berish evaziga 400 mlrd dollar investisiya kiritishga rozi bo‘lgan.

Shuningdek, so‘nggi o‘n yillikda Xitoy Eronning eng muhim savdo sherigi bo‘ldi, qisman AQSh tomonidan sanksiyalar qo‘llanilgani sababli Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Xitoyni «og‘ir vaziyatlardagi do‘st» deb atadi va «adolatsiz sanksiyalar paytidagi pozisiyasi» uchun minnatdorchilik bildirdi.

Ushbu kelishuv AQShning Eronga qarshi sanksiyalarining ta’sirini susaytiradi va Eronning xalqaro maydondagi izolyasiyasini siyosiy va iqtisodiy nuqtai nazardan bekor qiladi, deya ta’kidlamoqda eronlik mutaxassislar.

Kiritildi: 22:08 29.03.2021. O'qildi: 2769 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!