Eron va AQSh o‘rtasida kelishuv bo‘yicha xabar almashinuvi bir necha kundan buyon to‘xtab qoldi, deb yozadi «Fars» agentligi o‘z manbasiga tayanib.
«Tehron va Vashington o‘rtasida dastlabki memorandumga erishishga qaratilgan Eron va AQSh o‘rtasidagi xabar almashinuvi, kamida bir necha kundan beri to‘xtatilgan», — deyiladi nashrda.