Bugun 11 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Eron uzoq urushga tayyorligini bildirdi

Eron uzoq urushga tayyorligini bildirdi

Eron uzoq davom etadigan urush uchun yetarli miqdorda qurol ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Bu haqda Eron Mudofaa vazirligi vakili Reza Talaey-Nik davlat televideniyesiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShga qarshi harbiy operasiyalar davomida qurol ishlab chiqarish hajmi 2,5 baravar oshgan. Shuningdek, mamlakatda harbiy mahsulotlar ishlab chiqarish uzluksiz davom etishini ta’minlash maqsadida zaxira ishlab chiqarish maydonlari oldindan tayyorlangan.

Talaey-Nikning ta’kidlashicha, qariyb 9 mingta kompaniya harbiy mahsulotlar ishlab chiqarish jarayoniga ixtiyoriy ravishda qo‘shilgan.

Uning qayd etishicha, Eron Mudofaa vazirligi mutaxassislari raketa tizimlari, uchuvchisiz uchish apparatlari, dengiz va havo kuchlari bilan hamkorlikda qurol-yarog‘ va harbiy texnikani modernizasiya qilmoqda. Bunda jangovar tajribadan foydalanilib, yangi tahdidlarga qarshi choralar ishlab chiqilmoqda.

Eron mudofaa idorasi vakili mamlakat avvalo o‘zining harbiy ehtiyojlarini qondirishga ustuvor ahamiyat berishini, shu bilan birga, ortiqcha mudofaa mahsulotlarini eksport qilishni ham rejalashtirayotganini bildirdi.

Kiritildi: 22:23 09.10.2026. O'qildi: 843 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!