Eron oliy rahbari Ali Xamenei vafot etganiga qaramay, Eron siyosiy tizimi ishlashda davom etmoqda. Bu haqda islom respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi ma’lum qildi.
"NBC News" telekanaliga bergan intervyusida u konstitusiyaga muvofiq, oliy rahbar vazifalarini vaqtincha maxsus kengash ijro etayotganini ma’lum qildi. Prezident va hukumat a’zolari, uning so‘zlariga ko‘ra, o‘z vazifalarini bajarishda davom etmoqdalar.
"Biz oliy rahbarni yo‘qotdik, ammo konstitusiyamizga ko‘ra, endi uning majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladigan kengash mavjud... Shunday ekan, tizim juda yaxshi ishlamoqda", — dedi Aroqchi.