Bugun 2 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Eron terma jamoasi FIFA bayonotiga munosabat bildirdi

Eron terma jamoasi FIFA bayonotiga munosabat bildirdi

Eron futbol federasiyasi vise-prezidenti Mehdi Muhamad Nabi FIFA prezidenti Janni Infantinoning Eron milliy jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etishi haqidagi so‘zlariga munosabat bildirdi.

«Biz uchun eng muhimi — FIFA qoidalari va reglamentlaridir. Biz tashkilotning har qanday qarorini hurmat qilamiz. Har bir mezbon davlat FIFA oldida majburiyat olgan va ularga amal qilishi shart. U bizning o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazayotganimizni bilgach, shaxsan keldi va samarali suhbat bo‘lib o‘tdi», — dedi funksioner.

Avvalroq Eron futbol federasiyasi prezidenti Mehdi Toj terma jamoa o‘yinlarini 2026 yilgi jahon chempionatida AQShdan Meksikaga ko‘chirish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotganini ma’lum qilgan edi.

Shuningdek, Eronda mavjud geosiyosiy vaziyat tufayli terma jamoaning JCH-2026da ishtirok etmasligi ehtimoli ham aytilgan. AQSh prezidenti Donald Tramp esa Eron milliy jamoasining musobaqada qatnashishini nomaqbul deb hisoblashini bildirgan.

Kiritildi: Bugun 09:38. O'qildi: 338 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!