Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) razvedka boshqarmasi boshlig‘i Majid Xademiy Yaqin Sharqdagi harbiy harakatlar chog‘ida halok bo‘ldi.
Bu haqda «Tasnim» agentligi xabar bermoqda.
«IIMK Majid Xademiyning shahid bo‘lganini e’lon qiluvchi bayonot bilan chiqdi», — deyiladi materialda.
Qayd etilishicha, Xademiy Eron xavfsizligini ta’minlashga ulkan hissa qo‘shgan.