Bushehrda eshitilgan portlash sababi tekshirilmoqda.
Bu haqda Eronning Bushehr viloyati gubernatori Arsalan Zare ma’lum qildi.
"Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ba’zi xabarlarga zid ravishda, hozircha Bandar Abbos, Qeshm, Sirik va Jask portlarida portlashlar qayd etilmagan", deyiladi bayonotda.
Shuni ta’kidlash kerakki, bir nechta ommaviy axborot vositalari AQSh o‘sha paytda Eronga qarshi yangi havo hujumlarini boshlagani va Bushehr asosiy nishonlardan biri ekanligini da’vo qilgani haqida xabar berishdi.
Eslatib o‘tamiz, shaharga avvalgi zarba 8 iyuldan 9 iyulga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tgan edi. O‘sha paytda Bushehr atom elektr stansiyasi AQSh havo hujumlaridan zarar ko‘rmaganligi haqida xabar berilgan edi.