Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Eron Prezidenti Pezeshkiyon kim va u haqida nimalarni bilamiz?

Eron Prezidenti Pezeshkiyon kim va u haqida nimalarni bilamiz?

Eronlik shifokor va siyosatchi sifatida tanilgan Mas’ud Pezeshkiyon 1954 yil 29 sentyabr kuni mamlakat shimoli-g‘arbida, G‘arbiy Ozarbayjon viloyati Mehobod shahrida tug‘ilgan. Otasi ozarbayjon, onasi kurd millatiga mansub.

Mas’ud 1973 yil muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun Zabol shahriga ketib, aynan shu davrda tibbiyotga qiziqa boshlagan. Xizmatni tugatib, tug‘ilib o‘sgan viloyatiga qaytgan. 1976 yil Tabriz tibbiyot fanlari universitetiga o‘qishga kirib, 1985 yil umumiy tibbiyot fakultetini tamomlagan.

1980-1988 yillari davom etgan Eron – Iroq urushi payti Pezeshkiyon ko‘pincha frontda tibbiy guruhlar faoliyati uchun mas’ul bo‘lgan, o‘zi ham shifokor sifatida ishlagan.

1993 yil Tibbiyot fanlari universiteti yurak jarrohligi fakultetini tamomlab, Tabriz Shahid ma’dani kasalxonasida ish boshladi. 2000-2004 yillar Muhammad Hotamiy hukumatida Sog‘liqni saqlash, davolash va tibbiy ta’lim vaziri edi. 2013 yil prezidentlik saylovida qatnashib, nomzodini barvaqt qaytarib olgan. 2016-2020 yillarda parlament raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

Mas’ud Pezeshkiyon 2021 yilgi saylovda yana nomzodini ilgari surdi, biroq arizasi rad etildi. 2024 yilgi navbatdan tashqari prezidentlik saylovida nihoyat maqsadiga erishdi – ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Said Jaliliy bilan birga ikkinchi bosqichga o‘tdi va 53 foizdan ko‘p ovoz to‘plab g‘alaba qozondi.

Eron – Turkiya do‘stlik jamiyati a’zosi bo‘lgan Pezeshkiyonning rafiqasi ginekolog edi. 1993 yil u avtohalokatda xotini va bir farzandidan ayrildi. Shundan so‘ng ikki o‘g‘li va qizini yolg‘iz o‘zi katta qildi. Qizi Zahro Pezeshkiyon Sharif texnologiya universitetida kimyo bo‘yicha magistr darajasini olgan. Pezeshkiyon Tabrizdagi “Traktor” futbol klubiga muxlislik qiladi.

Kiritildi: 14:18 08.07.2024. O'qildi: 1629 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!