Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Eron Prezidenti: “AQShning oyoqlarini uzib olaman!”

A A A
Eron Prezidenti: “AQShning oyoqlarini uzib olaman!”

General Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi o‘ng qo‘lni yo‘qotishga o‘xshaydi, dedi Eron prezidenti Hasan Ruhoniy va bunga javoban AQShning "oyoqlarini kesib tashlash"ni va’da berdi. Bu haqda Rambler xabar bermoqda. 

"General Sulaymoniyni o‘ldirib, siz qo‘limizni kesib tashladingiz. Biz ham endi mintaqamizga qo‘yilgan oyoqlaringizni kesib tashlaymiz ",  dedi prezident.

Ma’lumot o‘rnida, “Quds” Eron maxsus kuchlari qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy 3 yanvar kuni AQShning maxsus operasiyasi natijasida Iroqda o‘ldirildi.

Kiritildi: 20:47 08.01.2020. O'qildi: 6299 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik